Abduqodir Husanov FIFA reytingida eng tezkor futbolchilar uchligidan joy oldi
FIFAning rasmiy Physical Tracking Data ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi 1-turidan so‘ng eng tezkor futbolchilar reytingi e’lon qilindi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov 36,5 km/soat tezlik ko‘rsatkichi bilan reytingda uchinchi o‘rinni egalladi.
Qayd etilishicha, ayni shu natijani Angliyaning “Manchester City” klubidagi jamoadoshi Erling Holand ham qayd etgan.
Reytingning birinchi pog‘onasidan 36,7 km/soat natija bilan Avstraliya terma jamoasi futbolchisi Jordan Bos joy oldi.