2026-yil II choragi yakunlariga ko‘ra banklar reytingi yangilandi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2026-yil II choragi yakunlari bo‘yicha "Banklar faollik indeksi" asosida shakllantirilgan banklar reytingini e’lon qildi.
Tahlillarga ko‘ra, bank tizimida depozitlar o‘sish sur’ati kreditlash dinamikasidan yuqori bo‘lib qolmoqda. Bir yil davomida kreditlar hajmi 12 foizga, depozitlar esa 33 foizga oshdi. Bu esa bank tizimi barqarorligini mustahkamlash va yuqori likvidlilik darajasini saqlashga xizmat qilmoqda.
2026-yil II choragi yakunlariga ko‘ra, reytingga kiritilgan 20 ta yirik bankdan 12 tasining o‘rni o‘zgargan. Shundan 7 ta bank o‘z pozitsiyasini yaxshilagan, 5 tasi pastlagan, 8 tasi esa avvalgi o‘rnini saqlab qolgan.
Kichik banklar orasida eng yuqori ijobiy dinamika Octobank tomonidan namoyon etildi. Bank reytingda 3 pog‘onaga yuqorilab, 6-o‘rinni egalladi.