Asakabank 36 ta jamoani yagona intellektual maydonda birlashtirdi

Asosiy rasm

Bank faoliyati faqat kreditlar, depozitlar va moliyaviy ko‘rsatkichlar bilan cheklanib qolmasligini yana bir bor namoyon etgan holda, Asakabank tomonidan respublikaning barcha hududlaridagi Bank xizmatlari markazlari hamda Bosh ofis departamentlari xodimlari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Intellektual bellashuvda jami 36 ta jamoa ishtirok etdi. O‘yin davomida ishtirokchilar har bir savol ustida fikr yuritib, jamoaviy muhokamalar olib bordi hamda g‘alaba uchun so‘nggi daqiqalargacha kurashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Jizzax BXM jamoasi birinchi, Qarshi BXM jamoasi ikkinchi, HR jamoasi esa uchinchi o‘rinni egalladi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring