Anor Bank AJga reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llanildi

Asosiy rasm

Raqobat qo‘mitasi tomonidan Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati asosida “Anor Bank” AJ tomonidan Instagram ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirilgan reklama axboroti o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida bank tomonidan aksiya doirasida e’lon qilingan reklama materiallarida aksiya shartlari to‘g‘risidagi muhim ma’lumotlar to‘liq aks ettirilmagani aniqlandi.

Xususan, reklamada moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatishda shartnomaning muhim shartlaridan biri hisoblangan aksiyaning amal qilish shartlari, belgilangan limit miqdori hamda limitdan oshgan holatlarda undiriladigan komissiya to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan.

Mazkur holatlar yuzasidan Raqobat qo‘mitasi Maxsus komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 16, 21 va 43-moddalari talablari buzilgani alomatlari yuzasidan “Anor Bank” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

Ishni ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra, bankka nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi.

Shuningdek, aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish hamda kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring