Тoshkentda yirik kiberjinoyatchilar guruhi faoliyatiga chek qo‘yildi
Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent shahrida faoliyat yuritgan ikkita noqonuniy call-markaz faoliyatiga chek qo‘yildi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu markazlarda chet tillarini yaxshi biladigan 140 nafarga yaqin yigit-qizlar, jumladan talabalar ham faoliyat yuritgan.
Call-markaz xodimlari Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Norvegiya, Niderlandiya, Daniya va boshqa davlatlar fuqarolariga soxta telefon raqamlari orqali qo‘ng‘iroq qilib, o‘zlarini treyder sifatida tanishtirgan hamda investitsiya kiritish bahonasida kriptoaktivlarni o‘tkazishga undagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, xodimlarning har biri kun davomida yuzlab qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirgan.
Tezkor tadbir davomida yuzlab kompyuter va mobil telefonlar hamda boshqa texnik qurilmalar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.