MKBANK rahbariyati tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazmoqda
MKBANK rahbariyati va mutaxassislari hududlarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi hamda kredit mablag‘larining maqsadli o‘zlashtirilishi yuzasidan monitoring ishlarini olib bormoqda.
Ochiq muloqotlar davomida tadbirkorlarning faoliyati, amalga oshirilayotgan loyihalar va mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni hal etish hamda zarur amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalari ko‘rib chiqildi.
Jumladan, «ENDLESS CONNECTION TRADE» MChJ tomonidan Kashtan brendi ostida amalga oshirilgan 94,8 mlrd so‘mlik mebel ishlab chiqarish loyihasi natijasida 50 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Shuningdek, «Grand Dior» MChJning 31,7 mlrd so‘mlik mehmonxona va turizm loyihasi doirasida 35 ta yangi ish o‘rni tashkil etildi.
Bundan tashqari, «Ricomel Beverages» MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan «Dinay» salqin ichimliklari ishlab chiqarish loyihasini 2027-yilning birinchi choragida ishga tushirish rejalashtirilgan bo‘lib, loyiha doirasida 300 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.