Biznesni rivojlantirish banki kiberxavfsizlik reytingida banklar orasida 1-o‘rinni egalladi

Asosiy rasm

Biznesni rivojlantirish banki axborot va kiberxavfsizlik yo‘nalishida navbatdagi muhim natijani qayd etdi.

Ma’lum qilinishicha, “Kiberxavfsizlik markazi” DM tomonidan 2026-yilning I yarim yilligi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan reyting baholashida bank banklar orasida 1-o‘rinni, umumiy reytingda esa 2-o‘rinni egalladi.

Shuningdek, bank umumiy reytingdagi o‘tgan yilgi natijasini 5 pog‘onaga yaxshilab, 7-o‘rindan 2-o‘ringa ko‘tarilgani qayd etildi.

Ta’kidlanishicha, ushbu natija bankda axborot va kiberxavfsizlikni mustahkamlash, zamonaviy himoya tizimlarini joriy etish hamda mijozlar ma’lumotlarining ishonchli himoyasini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlarning amaliy samarasidir.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring