Andijonda 38,3 mlrd so‘mlik noqonuniy “keshbek” sxemasi fosh etildi

Asosiy rasm

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda 38,3 milliard so‘m miqdoridagi byudjet mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirish holati aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro Yo.Q. va boshqa shaxslar o‘zaro til biriktirib, 5 ta MChJ nomidan boshqa MChJlar tomonidan 2,2 trillion so‘mlik mahsulotlar yetkazib berilgani haqida soxta elektron hisob-fakturalarni rasmiylashtirgan.

Shuningdek, ular savdodan tushgan mablag‘lar nazorat-kassa mashinalari orqali kirim qilingani hamda mahsulotlar fuqarolarga sotilgani to‘g‘risida xarid cheklarini rasmiylashtirib, 94 921 nafar fuqaro va ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan shaxslarga “Soliq Mobile” ilovasi orqali noqonuniy ravishda “keshbek” to‘lovlarini amalga oshirgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu sxema orqali 38,3 milliard so‘m byudjet mablag‘lari o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) hamda 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish va ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring