Talabalar turar joylari savdoga qo‘yilmagan
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ommaviy savdolarga talabalar yashaydigan xonalar emas, balki talabalar turar joylaridagi bo‘sh yordamchi maydonlar — yerto‘la, oshxona, bufet, hovli qismi hamda yotoqxona sifatida foydalanilmaydigan boshqa xonalar ijaraga qo‘yilgan.
Ta’kidlanishicha, mazkur obyektlarning ijaraga berilishi talabalar uchun ajratilgan o‘rinlar sonining qisqarishiga sabab bo‘lmaydi.
Shuningdek, 2026-yilda respublika bo‘yicha 12 110 o‘rinli yangi talabalar turar joylarini qurib, foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.