The New York Times: O‘zbekiston Markaziy Osiyoning yetakchi turistik yo‘nalishiga aylanmoqda

Asosiy rasm

AQSHning nufuzli The New York Times nashrida jurnalist Gabe Castro-Rootning O‘zbekiston bo‘ylab sayohatiga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi. Unda yurtimizning dunyo sayyohlari uchun tobora jozibador maskanga aylanib borayotgani tahlil qilingan.

Maqolada qayd etilishicha, O‘zbekistonning boy madaniy merosi, hamyonbop narxlari, yuqori xavfsizlik darajasi va o‘ziga xos autentik muhiti uni, ayniqsa, yosh sayohatchilar uchun eng maqbul yo‘nalishlardan biriga aylantirmoqda.

Shuningdek, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda viza tartib-taomillarining liberallashtirilishi natijasida xorijiy sayyohlar oqimi sezilarli darajada oshgani ta’kidlangan. Xususan, 2019-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni 6,7 million nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yil yakunlariga ko‘ra bu ko‘rsatkich rekord darajadagi 11,7 million nafarga yetgan. Amerikalik sayyohlar soni esa ikki baravardan ko‘proq oshgan.

Nashrda Toshkent metrosi va Chorsu bozori, Samarqanddagi Registon maydoni, Buxorodagi Labi Hovuz majmuasi hamda Xivadagi Ichan-qal’a alohida e’tirof etilgan.

Maqola muallifining ta’kidlashicha, o‘zbekona samimiy mehmondo‘stlik va mahalliy aholining xayrixohligi O‘zbekistonga uyushtirilgan sayohatni chin ma’noda unutilmas va qadrli taassurotga aylantiradi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring