“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Islom taraqqiyot banki guruhining Bokudagi yillik yig‘ilishida ishtirok etmoqda
Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida 16–19-iyun kunlari o‘tkazilayotgan Islom taraqqiyot bankining yillik anjumani doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB faol ishtirok etib, o‘z salohiyatini namoyish etmoqda.
Bank tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazma stendi orqali xalqaro jamoatchilikka strategik rivojlanish dasturlari, islomiy moliyalashtirish loyihalari hamda qator tashabbus va dasturlar taqdim etildi. Shuningdek, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish va yangi sheriklik aloqalarini o‘rnatish maqsadida xorijiy moliya institutlari hamda investorlar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.