Markaziy bank Jahon chempionati–2026 yo‘llanmasiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalarni sotuvga chiqaradi
O‘zbekiston milliy terma jamoasining «Jahon chempionati–2026» yo‘llanmasi sharafiga Markaziy bank maxsus cheklangan seriyadagi esdalik tangalarini muomalaga chiqaradi.
Tangalar dizaynida terma jamoaning 26 nafar futbolchisi silueti yagona «Oq bo‘ri» obraziga uyg‘unlashtirilgan bo‘lib, bu tarixiy natija alohida futbolchilar emas, balki jamoaviy ruh va birdamlik samarasi ekanini ifodalaydi.
Muomalaga jami 100 dona oltin va 1000 dona kumush tanga chiqariladi.
Tangalar savdosi 18-iyundan boshlanadi.
Narxi va sotuv nuqtalari haqidagi ma’lumotlar Markaziy bank veb-saytida e’lon qilinadi.