Sergelida sun’iy kölga ega 5 gektarlik dam oliş maskani qurilmoqda

Asosiy rasm

Toşkentning Sergeli tumanidagi Qumariq mahallasida sun’iy köl va aholi uçun dam oliş hududi barpo etilmoqda. Majmuaning umumiy maydoni 5 gektar bölib, suv havzasi 17 ming kvadrat metrni egallaydi.

Hududda bolalar maydonçalari, şiyponlar va barbekyu zonalari taşkil etiladi. Şuningdek, quyoş panellari, suvni tozalaş va ozonlaş tizimlarini örnatiş közda tutilgan.

Asosiy işlarning 30 foizdan ortiği bajarilgan. Hozir konstruksiyani armaturalaş va mustahkamlaş, tirgak devorini quriş işlari olib borilmoqda. Obyektni yil oxirigaça qurib bitkaziş rejalaştirilgan.

Suv havzasi atrofda çangni kamaytiriş, havoni namlantiriş va qulay mikroiqlim yaratişga xizmat qilişi kutilmoqda. Dam oliş maskanida sayr qiliş va sport bilan şuğullaniş uçun ham şaroit yaratiladi.





Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring