Özbekistonga “Maqtaaral” punkti orqali Qozoğistondan ilk yuk poyezdi qabul qilindi
“Maqtaaral” ötkaziş punktida Qozoğiston tomonidan birinçi yuk poyezdi qabul qilindi.
Bu “Özbekiston temir yöllari” AJ va “Qazaqstan temir joly” milliy kompaniyasi AJ rahbarlari örtasida yuk taşiş hajmini oşiriş böyiça erişilgan kelişuv ijrosi doirasidagi dastlabki qadam böldi. Kelişuvga 14–16-oktabr kunlari Qozoğistonda ötgan xalqaro biznes-forumdagi muzokaralarda erişilgan.