Termiz orqali yuk taşişda 7-noyabrdan qöllanadigan yiğimlar e’lon qilindi
«Özbekiston temir yöllari» AJ Termiz stansiyasida qayta yuklanib, Afğonistonga eksport qilinadigan yuklar hamda Termiz port stansiyasiga taşiladigan yuklar uçun yiğimlarni ma’lum qildi.
Termizda qayta yuklanib, Afğonistonga yönaltiriladigan yuklar uçun har bir vagonga masofaga qarab quyidagi yiğimlar belgilangan:
– buğdoydan boşqa ayrim yuklarni temir yölda taşişda, 600 kmdan boşlab – 800 ming–1,3 million söm; avtomobil transportida – 2,8–7,6 million söm;
– buğdoyni temir yölda taşişda – 6,8–26 million söm; avtomobil transportida – 12–33 million söm.
Termiz port stansiyasiga taşişda har bir vagon uçun buğdoydan boşqa ayrim yuklarga 3–8 million söm, buğdoyga 13–33 million söm undiriladi.
Summalar QQSsiz körsatilgan. Bular taşişning umumiy narxi emas, belgilangan yiğimlardir. Aniq summa masofa va yuk turiga boğliq. Buğdoydan boşqa yuklar böyiça keltirilgan stavkalar GNG kodi 27090090, 2710, 2711, 27090010, 3901 va 3902 bölgan yuklarga tatbiq etilmaydi.