Tadbirkorlar uçun yuk taşiş xizmatlarini yaxşilaş masalalari muhokama qilindi
“Özbekiston temir yöllari” AJ va Savdo-sanoat palatasi rahbariyatlari iştirokidagi uçraşuvda eksport-import yuklarini taşişni yengillaştiriş masalalari körib çiqildi.
Muloqotda korxonalarni yuk vagonlari bilan ta’minlaş, taşiş xizmatlarini soddalaştiriş va xalqaro transport yölaklaridan samarali foydalanişga e’tibor qaratildi. Temir yöl va boşqa transport turlarini uyğunlaştiruvçi multimodal taşuvlarni kengaytiriş imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
Asosiy maqsad – yuklarni yetkazib beriş muddatlarini qisqartiriş va logistika xarajatlarini kamaytiriş. Uçraşuv yakunida tadbirkorlar ehtiyojidan kelib çiqib, vagonlar ta’minoti va xizmat körsatişni yaxşilaş böyiça çora-tadbirlar işlab çiqiş masalasi körib çiqilgan.