2027-yildan tibbiyot muassasalari ayrim xizmatlarni xususiy sektordan xarid qilişi mumkin böladi
Prezident Şavkat Mirziyoyev soğliqni saqlaşga investitsiya jalb qiliş va xususiy sektor iştirokini kengaytiriş böyiça taqdimot bilan tanişdi.
Kelasi yildan tibbiyot muassasalari ayrim tibbiy va yordamçi xizmatlarni xususiy taşkilotlardan xarid qilişi mumkin böladi. Xizmat körsatuvçilar bilan uzoq muddatli şartnomalar tuziş, xizmat hajmi va sifatini oldindan belgilaş taklif etilmoqda.
2030-yilgaça xizmatlar xaridida autsorsing uluşini 30 foizga yetkaziş maqsad qilingan. Jarayonni nazorat qiliş uçun xizmatlar, ijroçilar va şartnomalar reyestrini qamrab oluvçi “Tibbiyot autsorsingi” elektron tizimini joriy etiş rejalaştirilmoqda.
Şuningdek, 2030-yilgaça beşta yirik tibbiyot muassasasiga oçiq tanlov orqali professional boşqaruvçilarni jalb qiliş közda tutilgan. Ularning faoliyati har yili natija körsatkiçlari böyiça baholanadi.
Taqdimotda 2,7 milliard dollarlik 35 ta investitsiya loyihasi hamda qöşimça 1 milliard dollarlik töqqizta istiqbolli loyiha böyiça takliflar körib çiqildi. Soha master-rejasiga boğlangan 2040-yilgaça investitsiya strategiyasini işlab çiqiş ham taklif etilgan.