«Salomatlik» poyezdi 25 yildan beri olis hududlarda tibbiy yordam ko‘rsatmoqda

Asosiy rasm

«Salomatlik» tibbiy-sanitar yordam poyezdi chorak asrdan buyon mamlakatning olis hududlarida aholiga tibbiy yordam ko‘rsatib kelmoqda.

Brigada tarkibida terapevt, nevropatolog, pediatr, ginekolog, endokrinolog, dermatolog va stomatologlar bor. Poyezd UTT, EKG, raqamli flyuorografiya va laboratoriya jihozlari bilan ta’minlangan.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning «Temir yo‘l ijtimoiy xizmatlari» muassasasiga qarashli poyezd beshta maxsus vagondan iborat. Ulardan ikkitasi ambulatoriya, bittasi flyuorografiya uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, avtonom dizel va tibbiyot xodimlari uchun dam olish vagonlari mavjud.

Xalq orasida «najot karvoni» nomini olgan poyezd jamoasi yozning jaziramasi va qishning sovug‘ida ham o‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring