Ziroat Mirziyoyeva oğir xastalikka çalingan bolalarni qöllab-quvvatlaş böyiça Global tarmoq raisi etib saylandi

Asosiy rasm

Samarqandda bolalar salomatligi yölida xalqaro hamkorlikning yangi taşabbusi e’lon qilindi. Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva oğir va hayot uçun xavfli kasalliklarga, jumladan, saratonga çalingan bolalarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan Global tarmoq raisi etib saylandi. U uşbu vazifani ikki yil davomida bajaradi.

Tarmoq birinçi xonimlar va davlat rahbarlarining turmuş örtoqlarini birlaştirib, bolalarga sifatli tibbiy yordam körsatiş, xalqaro tajriba almaşiş va hayot uçun xavfli kasalliklarga qarşi kuraşda hamkorlikni kuçaytirişga xizmat qiladi.

Tarmoq taşkil etilganini AQŞdagi St. Jude bolalar ilmiy-tadqiqot şifoxonasi vitse-prezidenti va St. Jude Global direktori Karlos Rodriges-Galindo e’lon qildi. Ziroat Mirziyoyevaning raislikka kirişiş marosimi Samarqandda Bolalar onkologiyasi böyiça xalqaro kongress doirasida ötkazildi.

Uşbu taşabbus bolalar onkologiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş va har bir bolaning sifatli tibbiy yordamdan foydalaniş imkoniyatlarini oşirişga qaratilgan.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring