Toşkentda Yangi Sergeli va Amir Temur köçalarining ayrim qismlarida harakat vaqtinça çeklanadi
25-oktabrdan tezkor avtobus qatnovi (BRT) uçun alohida yölaklar qurilişi munosabati bilan ikki yöl qismida vaqtinçalik çeklovlar joriy etilişi ma’lum qilindi.
Yangi Sergeli köçasida işlar Çoştepa köçasi bilan kesişmadan SOUEAST servis markazi binosigaça bölgan 1 368 metrlik qismda olib boriladi.
Amir Temur şohköçasida esa Ahmad Doniş köçasi bilan kesişmadagi yöl ötkazgiçdan Şahriston köçasi bilan kesişmagaça bölgan 1 430 metrlik qism qamrab olinadi.
Köçalar töliq yopilmaydi. Quriliş yölning markaziy qismida olib borilib, qolgan harakat yölaklari oçiq qoladi.
Haydovçilardan safarni rejalaştirişda ehtimoliy tirbandliklarni hisobga oliş, vaqtinçalik yöl belgilariga rioya qiliş va zaruratda muqobil yönalişlardan foydalaniş söralmoqda.