Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi avtobus yo‘laklariga nazorat kameralari o‘rnatildi
Toshkentdagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasining 6 kilometrlik qismida, har ikki yo‘nalishda avtobuslar uchun ajratilgan «A» yo‘laklaridagi harakatni nazorat qiluvchi kameralar o‘rnatildi.
Eslatib o‘tilishicha, soat 06:00 dan 23:00 gacha bu yo‘laklarda harakatlanish huquqiga ega bo‘lmagan transport vositalarining yurishi taqiqlanadi.
Kameralar jamoat transportiga ustuvorlik berish, avtobuslarning kechikishini kamaytirish va qatnov jadvaliga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan.
Poytaxtning boshqa ko‘chalaridagi avtobus yo‘laklarida ham nazorat kameralari bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda.