«Özbekiston temir yöllari» haydovçi va piyodalarni xavfsizlik qoidalariga rioya qilişga çaqirdi
Kompaniya temir yöl kesişmalaridan ötişda svetoforning taqiqlovçi işoralari va ogohlantiruvçi ovozli signallarga e’tiborli bölişga çaqirdi.
Murojaatda bugun, 9-noyabr kuni soat 02:55 da Termiz – Ğalaba bekatlari oraliğidagi qöriqlanadigan kesişmada töqnaşuv sodir bölgani aytib ötilgan.
Kompaniya ma’lumotiga köra, «Spark» avtomobili haydovçisi svetoforning taqiqlovçi işorasi va ogohlantiruvçi ovozli signal işlab turganiga qaramay, Ğalaba – Termiz yönalişida harakatlanayotgan 3601-sonli yölovçi poyezdining beşinçi vagoniga kelib urilgan. Hodisa oqibatida avtomobil haydovçisi tan jarohati olmagan.
«Özbekiston temir yöllari» birgina e’tiborsizlik inson hayoti va salomatligiga jiddiy xavf tuğdirişi mumkinligini eslatib ötgan.