Fuqaro aviatsiyasida parvozga yaroqlilik böyiça yangi qoidalar tasdiqlandi
Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi tasdiqlagan qoidalar 2027-yil 16-yanvardan kuçga kiradi. Hujjat 14-oktabrda Adliya vazirligida 3953-son bilan davlat röyxatidan ötkazilgan.
Qoidalar havo kemalarini sertifikatlaş, ularning texnik holatini nazorat qiliş va uçişga yaroqliligini saqlaş talablarini qamrab oladi. Uçişga yaroqlilik sertifikatlarini beriş va tan oliş tartiblari ham belgilangan.
Şuningdek, havo kemalariga texnik xizmat körsatuvçi taşkilotlarni sertifikatlaş, ularning sifatni ta’minlaş tizimi, işlab çiqariş bazasi hamda xodimlar malakasi va kasbiy tayyorgarligiga doir talablar nazarda tutilgan.
Qoidalar Xalqaro fuqaro aviatsiyasi taşkiloti (ICAO)ning tegişli standartlari va tavsiya etilgan amaliyotlari inobatga olingan holda işlab çiqilgan.