Bugun – O‘zbekiston Havo floti kuni
Avgust oyining uchinchi yakshanbasi mamlakatimizda an’anaviy ravishda O‘zbekiston Havo floti kuni sifatida nishonlanadi.
Ushbu kun fuqaro va harbiy aviatsiya tizimida xizmat qilayotgan uchuvchilar, muhandislar, aviatexniklar, bort kuzatuvchilari, aviadispetcherlar hamda parvozlar xavfsizligini ta’minlovchi mutaxassislarning kasb bayramidir.