Temir yo‘l uzellarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik tekshirilmoqda

Asosiy rasm

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rahbariyatining buyrug‘iga asosan, «Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli» filialiga qarashli korxona, tashkilot va stansiyalarda texnik ko‘rik boshlandi.

Xususan, «Oqnazar–Qumqo‘rg‘on–Quduqli» temir yo‘l uchastkasida kompleks o‘rganish o‘tkazildi.

Jarayonda harakat xavfsizligi, infratuzilmaning texnik holati, mehnat muhofazasi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik tekshirildi. Shuningdek, profilaktika ishlarining tashkil etilishi, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish holati nazoratdan o‘tkazildi.

Mavsumga tayyorgarlikda texnik vositalar sozligi, xodimlar mehnat xavfsizligi va poyezdlar harakati barqarorligini ta’minlashga e’tibor qaratilmoqda.


Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring