O‘zbekistonda to‘qqiz oyda qariyb 700 kilometr ichimlik va oqova suv tarmog‘i qurildi

Asosiy rasm

Joriy yilning to‘qqiz oyida xalqaro loyihalar doirasida 350,6 million dollar qarz mablag‘i o‘zlashtirilib, 462 kilometr ichimlik va 234 kilometr oqova suv tarmog‘i qurildi. Bu haqda «O‘zsuvta’minot» AJ Axborot xizmati rahbari Akmal Murodov brifingda ma’lum qildi.

Amudaryo tumanida sutkasiga 40 ming kub metr suvni tozalaydigan «Mang‘it» inshooti ishga tushirildi. Bu 100 ming aholini ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash, yana 87 ming kishining suv ta’minotini yaxshilash imkonini beradi.

Chirchiq, Olmaliq va Chinoz shaharlarida oqova suv tozalash inshootlari foydalanishga topshirildi. Oktabrda Angren va Bekobodda ham shunday obyektlarni ishga tushirish rejalashtirilgan. Natijada 103 ta mahalladagi 350 mingdan ortiq aholiga oqova suv xizmati yaxshilanadi.

Shuningdek, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarining qator hududlarida ichimlik va oqova suv tizimlarini yaxshilash uchun Germaniya taraqqiyot banki bilan 130 million yevro qarz va 67 million yevro grant ajratish bo‘yicha bitimlar imzolangan.




Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring