O‘zbekistonning Darg‘om va Shohrud kanallari Jahon irrigatsiya merosi reyestriga kiritildi

Asosiy rasm

Darg‘om va Shohrud kanallari Irrigatsiya va drenaj bo‘yicha xalqaro komissiyaning Jahon irrigatsiya merosi reyestriga kiritildi. Tegishli sertifikatlar 14-oktabr kuni Fransiyaning Marsel shahrida o‘tayotgan xalqaro kongressda O‘zbekiston vakillariga topshirildi.

Ushbu maqom tarixiy, muhandislik va madaniy ahamiyatga ega irrigatsiya inshootlariga beriladi. Har ikki kanaldan bugun ham suv yetkazib berishda foydalanilmoqda.

Darg‘om miloddan avvalgi V–IV asrlarda qurilgan deb qayd etiladi. Qariyb 102 kilometrlik kanal Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridagi taxminan 178 ming gektar maydonni suv bilan ta’minlaydi.

Shohrud esa taxminan milodiy III–IV asrlarda qazilgan. U asrlar davomida Buxoro vohasidagi ekinzorlar, bog‘lar va shahar mahallalariga suv yetkazib, hudud rivojida muhim o‘rin tutgan.

2025-yilda O‘zbekistonning Do‘stlik va Eski Tuyatortar kanallari ham jahon irrigatsiya merosi sifatida e’tirof etilgan edi.




Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring