Pensiyaga oid ayrim xizmatlar arizasiz ko‘rsatiladi

Asosiy rasm

Hukumatning 19-oktabrdagi 576-son qarori bilan pensiyaga oid qator xizmatlar fuqaroning murojaatisiz amalga oshirilishi belgilandi.

Jumladan:

– nogironlik guruhi qayta belgilanganda yoki muddati uzaytirilganda pensiya to‘lovi davom ettiriladi;
– I guruh nogironligi belgilanganda pensiya qayta hisoblanadi;
– oila a’zolari soni o‘zgarganda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi to‘lovi davom ettiriladi;
– 100 yoshga to‘lganlarga qo‘shimcha to‘lov tayinlanadi;
– ID-karta muddati tugashi yoki yangilanishi pensiya to‘lovini davom ettirish uchun ariza berishni talab qilmaydi.

Xorijdagi pensionerlarga pensiya olish huquqini tasdiqlashda «MyID» orqali shaxsini tasdiqlash imkoniyati bir oy ichida yaratiladi.

Shuningdek, oktabr–dekabrda Andijon shahri va Oltinko‘l tumani, Samarqand shahri, Urganch va Xiva shaharlari, Shovot va Yangiariq tumanlari hamda Sirdaryo viloyatida yangi xizmat tizimi sinovdan o‘tkaziladi. Pensiya va boshqa to‘lovlarni tayinlash hamda to‘lash vazifalari hududiy boshqarmalarga o‘tkaziladi, tuman va shahar bo‘limlarida esa fuqarolarga xizmat ko‘rsatiladi.

Har bir tuman va shahar uchun uch kishilik komissiya tashkil etilib, arizalar bo‘yicha o‘n kun ichida qaror qabul qilinadi.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring