Pensiya 20 yillik mehnat faoliyati asosida hisoblanishi rejalashtirilmoqda

Asosiy rasm

Pensiya jamg‘armasi direktori Murodbek Otajonov OAVga bergan intervyusida pensiya tizimida rejalashtirilayotgan qator yangiliklar haqida ma’lum qildi.

Ixtiyoriy jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi joriy etilishi taklif qilinmoqda. Oyligidan 5 foiz ajratadigan xodimlarga davlat ushbu summaning yana 50 foizini qo‘shib beradi.

Pensiyaning yuqori chegarasini oshirish taklif etilmoqda.

Pensiya 20 yillik mehnat faoliyati davomida olingan ish haqi asosida hisoblanishi rejalashtirilmoqda.

"Mening pensiyam" mobil ilovasi orqali fuqarolar mehnat staji, ish haqi, to‘langan soliqlar va jamg‘arilgan pensiya mablag‘larini real vaqt rejimida kuzatib borishi mumkin bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, mazkur takliflar hozircha muhokama bosqichida.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

O'xshash maqolalar topilmadi.

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring