O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Afg‘oniston va Tojikiston o‘rtasida temir yo‘lda yuk tashish hajmi oshiriladi
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Qozog‘iston, Ozarbayjon, Afg‘oniston va Tojikiston temir yo‘l idoralari bilan yuk tashish hajmini oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.
Uchrashuvlar 14–16-oktabr kunlari Qozog‘istonda o‘tkazilgan «NEW SILK WAY» VIII xalqaro biznes-forumi doirasida bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda kompaniya boshqaruvi raisi Z. Narzullayev ishtirok etdi.
Tomonlar tranzit va import tashuvlarini kengaytirish, qo‘shimcha yuk oqimlarini jalb etish hamda mavjud transport yo‘laklaridan samarali foydalanish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, tashish jarayonlarini muvofiqlashtirish va yuklarni o‘z vaqtida yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga e’tibor qaratildi.