Uzbekistan Airways ichki reyslarda chipta narxlarini pasaytiradi
16-oktabrdan mahalliy yo‘nalishlarda yangi tariflar amal qila boshlaydi.
Eng hamyonbop Lite tarifiga 8 kilogrammgacha qo‘l yuki kiradi, bagaj esa kiritilmaydi. Bu tarifdagi chiptalarni qaytarish yoki almashtirish mumkin emas.
Shuningdek, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 55 yoshdan oshgan ayollar va 60 yoshdan oshgan erkaklar uchun barcha ichki yo‘nalishlarda 15 foizgacha chegirma joriy etiladi.
Chegirmali chiptalar 15-oktabrdan sotila boshlaydi. Ular 1–30-noyabr kunlaridagi parvozlar uchun amal qiladi.
16 октябрдан маҳаллий йўналишларда янги тарифлар амал қила бошлайди.