«Afrosiyob»ning muntazam qatnovi yo‘lga qo‘yilganiga 15 yil bo‘ldi
2011-yil 8-oktabrda «Afrosiyob» elektropoyezdi Toshkent–Samarqand–Toshkent yo‘nalishida muntazam qatnay boshlagan. «O‘zbekiston temir yo‘llari» bu sanani eslatdi.
Ispaniyaning Talgo kompaniyasi ishlab chiqargan «Afrosiyob» Markaziy Osiyodagi ilk yuqori tezlikdagi poyezd bo‘lgan. Dastlab ikkita Talgo 250 tarkibi xarid qilingan bo‘lsa, hozir mamlakatda oltita «Afrosiyob» elektropoyezdi mavjud.
Bugun «Afrosiyob» Toshkentni Samarqand, Buxoro, Qarshi va Shahrisabz bilan bog‘lab, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.