Saida Mirziyoyeva BlackRock rahbariyati bilan Toshkent xalqaro moliya markazini muhokama qildi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning AQShga tashrifi yuqori darajadagi muhim uchrashuvlar bilan davom etmoqda.
Navbatdagi muloqot jahon moliya bozorining eng yirik ishtirokchilaridan biri – BlackRock kompaniyasi rahbariyati bilan bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi. BlackRock kompaniyasi mazkur markazning konsepsiyasi va tashkiliy tuzilmasini ishlab chiqishda ko‘maklashmoqda.
AQSh ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi qo‘shma davra suhbatida O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasining yaqin o‘n yilliklarga mo‘ljallangan rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot davomida O‘zbekiston yirik, samarali va sifatli investitsiyalar uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylanayotgani ta’kidlandi.