O‘zbekiston va AQSH «Artemida» bitimlarini imzoladi
O‘zbekiston va AQSH Oy, Mars, kometalar va asteroidlarni tinch maqsadlarda tadqiq etish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha hamkorlik tamoyillarini belgilovchi «Artemida» bitimlarini imzoladi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
Vazirning ta’kidlashicha, hujjat O‘zbekistonning NASA va boshqa ishtirokchi davlatlar kosmik agentliklari bilan hamkorligini kengaytirish, milliy kadrlarni tayyorlash hamda kosmik texnologiyalar transferi uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
O‘zbekiston «Artemida» bitimlarini imzolagan 77-davlat bo‘ldi.