Marko Rubio: milliardlab dollarlik kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda

Asosiy rasm

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha milliardlab dollarlik kelishuvlar imzolanishi kutilayotganini bildirdi.

U Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hamrohligida Samarqanddagi Registon maydoniga tashrif buyurib, jurnalistlar bilan muloqot qildi.

Rubioning so‘zlariga ko‘ra, Samarqandga qariyb 300 ta Amerika kompaniyasi vakillari kelgan. U shahar asrlar davomida jahon savdosining muhim chorrahasi bo‘lganini ta’kidladi.

Davlat kotibi samimiy qabul va mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, AQSh O‘zbekiston va mintaqa davlatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini qayd etgan.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring