Saida Mirziyoyeva BMT minbarida nutq so‘zladi

Asosiy rasm

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh Assambleyasi minbarida O‘zbekiston nomidan nutq so‘zladi.

Saida Mirziyoyeva ziddiyatlar tobora ortib, o‘zaro ishonch yo‘qolib borayotgan bugungi dunyoda O‘zbekistonning qat’iy pozitsiyasini bayon qildi: mamlakat ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot yo‘lini tanlagan, tinchlik, hamkorlik hamda inson qadr-qimmatini e’zozlash tarafdori.

Nutqda Markaziy Osiyodagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistondagi islohotlar, ekologiya va Orol fojiasi, sun’iy intellekt taraqqiyoti, qonun ustuvorligi hamda inson huquqlarini ta’minlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

“Bugun hech bir davlat global muammolarni yolg‘iz o‘zi hal eta olmaydi. O‘zbekiston ishonch va o‘zaro hurmatga asoslangan kelajakni barpo etish yo‘lida munosib hissasini qo‘shishga doimo tayyor”, – dedi Saida Mirziyoyeva.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring