O‘zbekiston – Koreya sanoat-texnologik alyansini tuzish taklif etildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xan Son Suk O‘zbekiston – Koreya qo‘shma biznes forumi ochilishida ishtirok etdi. Tadbirda ikki mamlakat davlat tuzilmalari va biznes doiralarining 300 nafardan ziyod vakili qatnashdi.
Forumda “Lotte Chemical”, “Hyundai Motor Group”, “Samsung C&T”, “CJ Group”, “Shinhan Financial Group”, “Hyundai Rotem”, “Kia Corporation” kabi yirik Koreya kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning resurs salohiyati, Koreyaning ilg‘or texnologiyalari va ikki mamlakat kompaniyalarining investitsiyaviy imkoniyatlarini birlashtirish orqali yangi iqtisodiy o‘sish nuqtalarini yaratish taklifini bildirdi.
Sanoat-texnologik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun O‘zbekiston – Koreya sanoat-texnologik alyansini tuzish taklif etildi.