Serbiya O‘zbekistonda elchixona ochishni rejalashtirmoqda
Bu haqda Serbiyaning Mehnat, bandlik, faxriylar va ijtimoiy siyosat vaziri Militsa Stamenkovski O‘zbekiston Migratsiya agentligi direktori Muxsinxo‘ja Abdurahmonov bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Hozirda o‘zbekistonliklarning Serbiya vizasi bilan bog‘liq masalalari ushbu davlatning Ostonadagi diplomatik vakolatxonasi orqali amalga oshiriladi. Toshkentda elchixona ochilishi viza rasmiylashtirish jarayonini soddalashtirishi kutilmoqda.