Toshkent shahri va viloyatida transport inspektorlari bodi-kameralardan foydalanishni boshladi

Asosiy rasm

Transport nazorati inspeksiyasining Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi hududiy bo‘limlari inspektorlari nazorat-reyd tadbirlarini bodi-kameralar yordamida o‘tkazishni boshladi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur amaliyotni Inspeksiyaning boshqa hududiy bo‘limlarida ham bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan.

Xususan, 2027-yilning birinchi yarim yilligida Transport nazorati inspeksiyasi inspektorlarini bodi-kameralar bilan to‘liq ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Qayd etilishicha, ushbu chora nazorat tadbirlarini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish, xizmat faoliyatida qonuniylik va shaffoflikni kuchaytirish, shuningdek, fuqarolar hamda tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.






Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring