Shavkat Mirziyoyev AQSH Prezidentining maxsus vakili Serjio Gorni qabul qildi

Asosiy rasm

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahrida AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gorni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Serjio Gor davlat rahbariga AQSH Prezidenti Donald Trampning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi, shuningdek, O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi bilan tabrikladi.

Muloqotda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Xususan, energetika, transport, muhim minerallar, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va qishloq xo‘jaligi sohalarida qo‘shma loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, “C5+1” formatidagi bo‘lajak tadbirlar hamda O‘zbekiston–Amerika ishbilarmonlik va investitsiya kengashining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring