O‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilar tarixda ilk bor jahon chempioni bo‘lishdi
Niderlandiyaning Amsterdam shahrida o‘tayotgan akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy natijaga erishdi.
Yengil vaznli sportchilar o‘rtasidagi juftlik dasturida – LM2x bahslarida Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Bu O‘zbekiston vakillarining kattalar o‘rtasidagi akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatida qo‘lga kiritgan ilk oltin medali bo‘ldi.
Musobaqada kumush medal Germaniya, bronza medal esa AQSH sportchilariga nasib etdi.