O‘zbekiston dzyudochilari «Aktau Asian Open 2026»da 13 ta medal qo‘lga kiritdi

Asosiy rasm

Qozog‘istonning Aktau shahrida yakunlangan xalqaro turnirda O‘zbekiston dzyudochilari 5 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medal qo‘lga kiritdi.

Fotimaxon Tursunboyeva (−48 kg), Diyora Keldiyorova (−52 kg), Nizomiddinxo‘ja Toshpo‘latov (−73 kg), Mirjalol Normo‘minov (−100 kg) va Muhammadali Tangriyev (+100 kg) o‘z vazn toifalarida chempion bo‘ldi.

Shinar Ibrayeva (−78 kg) va Ramazon Allaberdiyev (−90 kg) kumush medal bilan taqdirlandi. Halimajon Qurbonova, Muhayyo Ahmatova, Sarvinoz Husanova, Farangiz Hojiyeva, Azizbek Avazmurodov va Sultonbek Abdushukurov bronza medal oldi.

Ikki kunlik musobaqada chempion bo‘lgan sportchilar jahon reytingi uchun 100 ochkodan jamg‘ardi.


Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring