Javohir Sindarov Clutch Chess: Champions Showdown turnirida ğolib bölib, 168 ming dollarni qölga kiritdi
AQŞning Sent-Luis şahrida ötkazilgan Clutch Chess: Champions Showdown turnirida Javohir Sindarov ğolibga aylandi.
Musobaqada Sindarov dunyoning yetakçi grossmeysterlari – Hikaru Nakamura, Fabiano Caruana va Praggnanandhaaga qarşi kuraş olib bordi va yakunda 20,5 oçko bilan birinçilikni qölga kiritdi.
Bonuslar bilan birga Javohir 168 ming dollar mukofot puliga ega böldi.
Bu uning jahon çempionligi uçun Gukeshga qarşi ötkazadigan bahsidan oldingi sönggi turniri böldi.