“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ konteyner parki 250 ta yangi konteyner bilan kengaytirildi

Asosiy rasm

“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJning 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasiga muvofiq, jamiyat konteyner parkini 1 000 ta zamonaviy yirik tonnajli konteyner bilan kengaytirishni rejalashtirgan.

Mazkur vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish doirasida joriy yilda 250 ta yangi 40 HC turidagi konteyner xarid qilindi.

Yangi konteynerlar jamiyatning tashish imkoniyatlarini kengaytirish, konteyner parkini yangilash va xalqaro yo‘nalishlarda barqaror tashuvlarni tashkil etishga xizmat qiladi.

Kelgusida ulardan Xitoy – O‘zbekiston – Xitoy yo‘nalishida eksport-import yuklarini tashishda foydalanish rejalashtirilgan.







Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring