Prezident aeroport va temir yo‘lni bog‘laydigan O‘zbekistondagi birinchi loyiha bilan tanishdi

Asosiy rasm

Shavkat Mirziyoyev Urganch xalqaro aeroporti va Xiva temir yo‘l bekatini bog‘laydigan yangi temir yo‘l liniyasi bilan tanishdi.

Qiymati 225 mlrd so‘m bo‘lgan loyiha doirasida Urganch xalqaro aeroporti va temir yo‘l vokzalini bog‘lovchi 11 kilometrlik yangi temir yo‘l liniyasi qurildi. Ushbu yo‘nalishda soatiga 160 kilometrgacha tezlikda harakatlanadigan Xitoyda ishlab chiqarilgan CR200J elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Yangi yo‘nalish orqali yiliga qariyb 650 ming nafar mahalliy va xorijiy sayyohni tashish imkoniyati yaratiladi. Xiva va Urganch o‘rtasidagi qatnov vaqti ikki barobar qisqarib, 80 daqiqadan 40 daqiqaga tushadi.

Loyiha doirasida 30 ga yaqin yangi ish o‘rni tashkil etildi.

Aeroport va temir yo‘lni bevosita bog‘laydigan bunday loyiha O‘zbekistonda ilk bor amalga oshirildi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring