O‘zbekiston ortiqcha vazn bo‘yicha MDHda birinchi o‘rinda

Asosiy rasm

JSST va Our World in Data platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi katta yoshli aholining qariyb 64 foizida ortiqcha vazn mavjud. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat MDH davlatlari orasida 1-o‘rinni egallaydi.

Umuman olganda, dunyo aholisining taxminan 43–45 foizi ortiqcha vaznga ega. Eng yuqori ko‘rsatkich Tinch okeanidagi orol davlatlarida kuzatiladi. Masalan, Tongada katta yoshli aholining taxminan 91 foizi ortiqcha vaznli hisoblanadi. Eng past ko‘rsatkichlar esa Sharqiy Osiyo davlatlarida bo‘lib, Yaponiyada bu ko‘rsatkich taxminan 24 foizni tashkil etadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, semizlikning kengayishiga asosan yuqori kaloriyali va qayta ishlangan mahsulotlar iste’molining ortishi, jismoniy faollikning kamayishi, o‘tirib ishlash tarzi hamda shaharlashuv jarayoni sabab bo‘lmoqda.

JSST semizlikni shunchaki tashqi ko‘rinish muammosi emas, balki muntazam nazorat va davolashni talab qiladigan surunkali kasallik sifatida baholaydi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring