Etihad Airways Toshkentga parvozlarni boshladi – reyslar har kuni amalga oshiriladi
Etihad Airways aviakompaniyasining ilk reysi Toshkentga qoʻndi. Endilikda Abu-Dabi – Toshkent yoʻnalishida har kuni parvozlar amalga oshiriladi.
Etihad Airways – 2003-yilda tashkil etilgan, bosh qarorgohi Abu-Dabida joylashgan Birlashgan Arab Amirliklarining milliy aviakompaniyasi. Aviakompaniya keng yoʻnalishlar tarmogʻiga ega boʻlib, dunyoning yetakchi aviatashuvchilaridan biri hisoblanadi.