8-avgust kuni Toshkent shahri va viloyati aholisi uchun sayyor sud qabuli oʻtkaziladi
Joriy yilning 8-avgust kuni Oliy sud raisi va oʻrinbosarlari, Sudyalar oliy kengashi raisi va oʻrinbosari, Toshkent shahri va Toshkent viloyati sudlari raislari hamda oʻrinbosarlari tomonidan Toshkent shahri va viloyati aholisi uchun sayyor qabul oʻtkaziladi.
Qabul davomida sud hujjatlari ustidan keltirilgan protsessual shikoyatlar hamda sud organlari vakolatiga taalluqli boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinadi.
– Roʻyxatdan oʻtish – soat 9:00 da;
– qabul – soat 10:00 da boshlanadi.
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur shoh koʻchasi, 107-uy, “Oʻzekspomarkaz” MKK.
Qabulga keluvchilar shaxsini tasdiqlovchi hujjat, vakillar vakolatini tasdiqlovchi tegishli hujjat, shuningdek, murojaatga oid sud hujjatlari va boshqa tegishli materiallarni olib kelishlari lozim.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun: 71 207-97-37.