FVV vaziri fuqarolar qabuli oʻtkazadi
Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor A.I. Ikramov tomonidan fuqarolar, tadbirkorlar, tizimda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari uchun qabul 2026-yil 8-avgust kuni soat 10:00 da Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati binosida boʻlib oʻtadi.
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Kichik halqa yoʻli koʻchasi, 4-uy.
Qabulda ishtirok etadigan fuqarolar shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari bilan kelishlari lozim.