Prezident topshirig‘iga asosan hudud rahbarlari shaxsiy qabul o‘tkazadi
Prezident Xalq qabulxonasi davlat rahbarining topshirig‘iga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari, Toshkent shahri, viloyatlar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari, tuman-shahar hokimlari hamda o‘rinbosarlarining hududiy Xalq qabulxonalarida muntazam ravishda shaxsiy qabullar o‘tkazishi hamda ularning qabul vaqtlari e’lon qilinganini ma’lum qildi.
Shaxsiy qabul vaqtlari:
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi – har oyning birinchi va uchinchi shanba kunlari soat 10:00–12:00;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi – har oyning ikkinchi va to‘rtinchi shanba kunlari soat 10:00–12:00;
– Toshkent shahar hokimi – har oyning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi payshanba kunlari soat 15:00–17:00;
– Andijon viloyati hokimi – har shanba kuni soat 10:00–16:00;
– Buxoro viloyati hokimi – har oyning birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi shanba kunlari soat 10:00–12:00;
– Jizzax viloyati hokimi – har shanba kuni soat 09:00–17:00;
– Qashqadaryo viloyati hokimi – har oyning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi shanba kunlari soat 11:00–14:00;
– Navoiy viloyati hokimi – har oyning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi seshanba kunlari soat 10:00–12:00;
– Namangan viloyati hokimi – har oyning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi shanba kunlari soat 10:00–12:00;
– Samarqand viloyati hokimi – har juma kuni soat 10:00–12:00;
– Sirdaryo viloyati hokimi – har dushanba kuni soat 09:00–11:00;
– Surxondaryo viloyati hokimi – har oyning birinchi, uchinchi va to‘rtinchi shanba kunlari soat 14:00–17:00;
– Toshkent viloyati hokimi – har juma kuni soat 14:00–15:00;
– Farg‘ona viloyati hokimi – har oyning birinchi, uchinchi va to‘rtinchi payshanba kunlari soat 11:00–13:00;
– Xorazm viloyati hokimi – har oyning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi juma kunlari soat 10:00–12:00.
Hududlar rahbarlari o‘rinbosarlarining qabul vaqtlari bilan alohida e’lon qilingan jadval orqali tanishish mumkin.
Obyektiv sabablarga ko‘ra shaxsiy qabul o‘tkazish imkoni bo‘lmagan taqdirda, qabul boshqa kunda navbatdan tashqari tashkil etiladi va bu haqda oldindan e’lon qilinadi.